SOG‘LOM TANDA-SIFATLI TA’LIM » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
SOG‘LOM TANDA-SIFATLI TA’LIM

SOG‘LOM TANDA-SIFATLI TA’LIM

Navoiy viloyatidagi maktab o‘qituvchilari o‘rtasida "Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
"Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasa (maktab)lari o‘qituvchilari o‘rtasida "Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi Qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatidagi maktab o‘qituvchilari o‘rtasida "Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining quyi bosqichlari o‘tkazildi. Joriy yilning 1-10 mart kunlari musobaqaning sektor bosqichida viloyat bo‘yicha 7082 nafar o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Sektor bosqichida faxrli birinchi o‘rinni olgan 966 nafar o‘qituvchilar13-18 mart kunlari o‘tkazilgan musobaqaning tuman (shahar) bosqichida ishtirok etdi. Musobaqaning tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilar tuman (shahar) kengashlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi. Sport tadbiriga kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan jami 133 mln 145 ming so‘m sarflandi.
Joriy yilning 24-25-27 mart kunlari Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining voleybol hamda stol tennis zalllarida, Navoiy shahar 1-sonli sport maktabi suniy qoplamali mini futbol maydonida hamda Navoiy shahar Yoshlar bog‘i pavelionida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Kasaba-uyushmasi Federatsiyasi viloyat qo‘mitasi bilan hamkorlikda sportining "Voleybol”, "Mini-futbol”, "Shaxmat”, "Shashka” hamda stol tennisi turlari bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu tuman (shahar) bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritgan 253 nafar o‘qituvchi-pedagoglar sportning valeybol (ayollar o‘rtasida), Mini fudbol (erkaklar o‘rtasida), stol tennisi, shaxmat, shashka(ayollar va erkaklar o‘rtasida) turlari bo‘yicha bellashishdi. Mazkur musobaqaning viloyat bosqichida jami 253 nafar o‘qituvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi. Musobaqaning yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra ochkolar bo‘yicha umumjamoa bellashuvlarida Xatirchi tuman jamoasi mutloq g‘olib bo‘lib "Kasaba uyushma kubogi”ni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni Navbahor tuman jamoasi, 3-o‘rinni esa Navoiy shahar jamoalariga nasib qildi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Yashin Dushanov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva, O’zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Anora Bobomurodova hamda viloyat xalq ta’lim boshqarmasi va viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdilar.
Musobaqa so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarni O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Kasaba-uyushmasi Federatsiyasi viloyat qo‘mitasi tomonidan sport formalari, diplom, medal hamda o‘ttiz millionlik vaucher va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga taniqli san’atkorlar tomonidan ko‘ngilochar musiqiy lahzalar namoyish etildi.
Dilafro‘z O’razova, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

BOSHQA YANGILIKLAR