MASOFAVIY TA‘LIM » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
MASOFAVIY TA‘LIM

MASOFAVIY TA‘LIM

Xalqaro mehnat tashkiloti Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha Byurosi (AKTRAV)ning Turindagi Xalqaro o‘quv markazi tomonidan "Himoyaga muhtoj xodimlarning huquqlari va imkoniyatlarini himoya qilish va kengaytirish” mavzusida 1 oylik masofaviy o‘quv kursi joriy yilning 13 martidan 7 aprelida bo`lib o`tdi. 4 ta yo‘nalishda tashkil qilingan ushbu masofaviy o‘quv kursida viloyat kengashining bir guruh mutaxassislari, shahar kengashlari raislari ishtirok etishdi. Masofaviy o‘quv kursi 4 haftalik o‘quv modulini o'z ichiga oldi:
- 1 hafta "Gender tengligi”. Jinsiy tenglik, zo'ravonlik va ta'qiblar, teng ish haqi;
- 2 hafta "Migrantlar va uy ishchilari”. Mehnat migrantlari, ichki ishchilar, muammolar va zaifliklar;
- 3-hafta "Yosh ishchilar”. Mehnat bozorida va kasaba uyushmalarida yoshlar, bandlikning nostandart shakllari, platforma ishchilari;
- 4-hafta "Raqamli aloqa vositalaridan foydalanish”. Tenglik haqida muloqot, raqamli aloqa vositalari, raqamli axborot makonida vizual effektlar.
Ushbu to'rt haftalik onlayn kursda tinglovchilar uchun individual o'rganish va guruhli o'zaro hamkorlik qilish imkonini berdi. Unda kasaba uyushmalari faoliyatida gender tengligi va xilma-xilligini samarali joriy etish, mehnat migrantlarini mehnatga integratsiyalashuvida kasaba uyushmalarining rolini oshirish, kasaba uyushmalariga yangi a'zolarni jalb qilishda qiyinchiliklarni bartaraf etish, bandlikning nostandart shakllariga ega ishchilar, ayniqsa yoshlar, migrantlar,uy ishchilari va platforma ishchilarni himoya qilish to`grisida tushunchalar berildi.
O`quv kursini muvoffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Xalqaro mehnat tashkilotining elektron shaklda sertifikatlari yuborildi.

BOSHQA YANGILIKLAR