O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi hamda barcha a’zo tashkilotlar tomonidan tizimda olib borilayotgan ishlar doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazib boriladi.
Amalga oshirilayotgan ishlarni mehnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida keng targ‘ib etishda matbuot xodimlarining mehnatlari tahsinga loyiq.
Har yili kasaba uyushmalari tomonidan "27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” bayrami munosabati bilan soha xodimlaridan kasaba uyushmalari bilan doimiy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan bir guruhi rag‘batlantirib kelinadi.
Joriy yilda ham an’anaga muvofiq, fidoiy, zahmatkash jurnalistlardan bir guruhi kasb bayramlari munosabati bilan kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirildi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi N.Tog‘ayeva so‘zga chiqib, ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasaba uyushmalari faoliyatini hayotga tadbiq etishdagi o‘rni kun sayin oshib borayotganligi, bevosita ular orqali keng jamoatchilik bilan muloqotlarimiz kuchayib borayotganligini ta’kidladi hamda kasb bayramlari bilan samimiy qutladi.
Tadbirda ishtirok etgan sohalar bo‘yicha viloyat Kengashi rahbarlari, yirik boshlang‘ich kasaba qo‘mitalari raislari ham matbuotchilarimizni bayram munosabati bilan tabrikladi hamda kelgusi faoliyatimizda ham doimiy hamkorlikni davom ettirishimiz zarurligini alohida ta’kidladilar.
