YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI

YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI

Til nafaqat aloqa vositasi, balki millatning o‘zligini namoyon qiluvchi qudratli vosita. Shu sababli ham til masalasi doim davlatning e’tiborida.
O‘zbek tilini takomillashtirish, obro‘-e’tiborini oshirish, umumta’lim maktabi o‘quvchilariga o‘zbek tilini o‘qitishning samarali usullarini yaratish dolzarb masalalardan biri. Shu munosabat bilan bir qator tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Shunday loyihalardan biri "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovidir.
"Har bir kun bu imkoniyat, har bir kun bu kelajak uchun poydevor” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gֲ‘oyalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va O'zbekiston Kasaba Uyushmalari federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tuman va shaharlarning qariyb 20 nafar ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra, Zarafshon shahar 3-maktabning ona tili o‘qituvchisi Jo‘rayeva Xolida, Tomdi tumani 9-maktabi o‘zbek tili o‘qituvchisi Kanatbayeva Akmerey faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Tanlovda yo‘nalishlar bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 6 nafar o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi.
Bu kabi tanlovlar xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ona tili va o‘zbek tili o‘qituvchilari orasidan eng ilg‘or, tashabbuskor va faol o‘qituvchilarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil qilingan. Yangi metod va uslublar, o‘quvchilarni dars jarayoniga jalb qilish, qiziqtirishning yangi usullarini izlab topishdan iborat.

BOSHQA YANGILIKLAR