FAOLLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashida "28-aprel - butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasida tashkillashtirilgan Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Barchamizga ma’lumki xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xavfsizlik madaniyatini targ‘ib qilish, ish joylarida kutilmagan o‘lim holatlarini kamaytirish, bu muammolarga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qator yillardan buyon katta ezgo‘ ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yurtimizda ham e’tiborga moalik targ‘ibot-tashviqot ishlari, mehnat muhofazasi, xodimlar salomatligi, ish beruvchilar va ishchi-xizmatchilar madaniyatini yuksaltirish borasida turli tadbirlar uzluksiz o‘tkazilayotganligi tahsinga loyiqdir. Shunisi diqqatga sazovorki mazkur masalalar yuzasidan har yili O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining qarori hamda tashabbusi bilan Respublika ko‘rik-tanlovlarining tashkil qilinayotganligi soha vakillari hamda barcha mehnatkashlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Ushbu masalalar doirasida Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida dastavval kengash raisi Nazira Tog‘ayeva so‘z olib tanlovning barcha tashkilotchi hamda qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi. So‘ngra "Eng yaxshi tashkilot”, "Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, "Eng yaxshi vakil” , "Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyalarining g‘oliblar aniqlab olindi. Ularga viloyat kengashining diplomlari, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan barcha g‘oliblar tanlovning Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø