FAOLLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi
FAOLLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

FAOLLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashida "28-aprel - butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan mehnat muhofazasi va xavfsizligi boyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasida tashkillashtirilgan Respublika korik-tanlovining viloyat bosqichi goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi.
Barchamizga malumki xodimlarga soglom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xavfsizlik madaniyatini targib qilish, ish joylarida kutilmagan olim holatlarini kamaytirish, bu muammolarga jahon hamjamiyati etiborini qaratish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qator yillardan buyon katta ezgo ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yurtimizda ham etiborga moalik targibot-tashviqot ishlari, mehnat muhofazasi, xodimlar salomatligi, ish beruvchilar va ishchi-xizmatchilar madaniyatini yuksaltirish borasida turli tadbirlar uzluksiz otkazilayotganligi tahsinga loyiqdir. Shunisi diqqatga sazovorki mazkur masalalar yuzasidan har yili Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining qarori hamda tashabbusi bilan Respublika korik-tanlovlarining tashkil qilinayotganligi soha vakillari hamda barcha mehnatkashlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Ushbu masalalar doirasida Navoiy viloyatida bolib otgan taqdirlash marosimida dastavval kengash raisi Nazira Togayeva soz olib tanlovning barcha tashkilotchi hamda qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi. Songra "Eng yaxshi tashkilot, "Eng yaxshi kasaba uyushma qomitasi, "Eng yaxshi vakil , "Eng yaxshi mehnat muhofazasi boyicha yosh mutaxassis nominatsiyalarining goliblar aniqlab olindi. Ularga viloyat kengashining diplomlari, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovgalari topshirildi.
Belgilangan nominatsiyalar boyicha birinchi orinni egallagan barcha goliblar tanlovning Respublika bosqichida qatnashish huquqini qolga kiritdilar.

BOSHQA YANGILIKLAR

YOPISH